Oʻzbekistonning ovlanadigan qushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovlanadigan qushlar. Mamlakat hududida 60 turdan ortiq ovlanadigan qushlar yashaydi. Tovuqlar turkumiga mansub kaklik, bedana; g'ozsimonlardan - dala gʻozi; o'rdaksimonlardan - churrak, haydar kokil, olaqanot suqsur va suqsurlar, Oʻzbekistonda in qurib yashaydigan turlardan kulrang gʻoz, kulrang oʻrdak, qizil boʻyin oʻrdak, olmabosh oʻrdak, olaqanot (oqqanot, chagʻirqanot) ham ovlanadi. Bu qushlar sovuq qattiq kelmagan yillari bemalol qishlaydi, ammo sovuq kuchli boʻlsa, koʻpchiligi qirilib ketadi. Yirik baliqchi qushlardan - katta qiziloyoq baliqchi, qiziloyoq, suvtargʻoqlar, respublika hududidan uchib oʻtadigan o'tkinchi baliqchi qush - loyxoʻraklar, oxirgi yillarda oddiy hamda yirik gʻurraklar koʻplab, koʻk kaptar va b. turdagi kaptarlar kamroq miqdorda ovlanadi. Turnasimonlar turkumidan, ayniqsa, qashqaldoqlar koʻproq ovlanadi. Ular kichikroq koʻllarda in qoʻyib yashaydi, sovuq tushishi bilan koʻpchiligi issiq joylarga uchib ketadi, maʼlum bir qismi esa qishlab qoladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. O'n ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil