Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati — koʻngilli, insonparvarlik tashkiloti; jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, oʻzini oʻzi boshqaradi. 1925-yil tashkil etilgan. Oʻsha paytda sobiq SSSRning Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari uyushmasi tarkibiga kirgan. 1992-yildan mustaqil Milliy jamiyat maqomida Oʻ.Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyatiOʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi tomonidan eʼtirof etilgach (1995), Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasiga aʼzolikka qabul qilindi va Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy harakatinish faol ishtirokchisiga aylandi. Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati davlat va uning organlariga ijtimoiy muammolarni hal etishda koʻmaklashadi, yordamga muhtoj fuqarolarga nisbatan, ularning irqi, millati, jinsi, diniy va siyosiy eʼtiqodlaridan qatʼi nazar, tinchlik oʻrnatishga qaratilgan, mehrshafqat, insonparvarlik missiyasini bajaradi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyatining 15 ta mintaqaviy, 206 ta tuman (shahar) va 1500 dan ortiq boshlangʻich tashkiloti, 200 mingdan ortiq faol aʼzosi va 40 mingdan ortiq volontyor (koʻngilli)lari bor. Qurultoy (yuqori organ), Milliy kengash va uning rayosati jamiyatning kollegial organi hisoblanadi. Oʻzbekiston Qizil yarim Oy jamiyatining Faxriy prezidenti etib Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov saylangan (1992). Jamiyat har yili yuz minglab kishilarga insonparvarlik yordami koʻrsatadi. Jamiyatda "Mehrshafqat" xizmati tashkil qilingan, unda 37 ta tibbiyijtimoiy markazlar faoliyat koʻrsatadi va 360 nafar mehrshafqat hamshirasi ishlaydi. Yolgʻiz keksalar, nogironlar, surunkali bemorlar, koʻp bolali kam taʼminlangan oilalar Oʻ.Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyatining doimiy panohida turadi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish va munosabat bildirish boʻyicha 6 ta mintaqaviy markaz tashkil etilgan, 986 ta koʻngilli sanitar drujina jalb qilingan, ularda 23 mingdan ortiq volontyor bor. Bu koʻngillilar tabiiy va texnogen xarakterdagi ofatlarga tezkorlik bilan munosabat bildiradi. Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati yoshlar bilan ishlashga alohida eʼtibor beradi, 26 ta yoshlar markazi va 35 ta yoshlar klubi tuzilgan. Ularda 2 ming nafardan ortiq volontyorlar guruhi shakllangan. Jamiyatda respublika "Insoniylik" oʻquvmetodik markazi boʻlib, bu yerda jamiyat xodimlari, aʼzolari va koʻngillilari oʻqitiladi. Jamiyatning mehrshafqat kolleji tashkil etilgan. Kollej tibbiyot hamshiralarini, bolalargʻshng maktabgacha maxsus muassasasi tarbiyalovchilarini tayyorlaydi. Kollejda 850 talaba oʻqiydi, ularning barchasi jamiyat koʻngillilari boʻlib, insonparvarlik va maʼrifiy tadbirlarida qatnashadi.

Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati raisi Oʻ.T.Vohidova (1992-yildan) Milliy jamiyat rivojiga qoʻshgan hissasi va Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim Oy harakatidagi alohida xizmatlari uchun shu harakatning nufuzli nishonlaridan biri — Ispaniya Qizil Xochining oltin medali bilan taqdirlangan.

Mixail Kremkov.