Oʻzbekiston milliy reabilitatsiya markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston milliy reabilitatsiya markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish muassasasi; nogironlarni tibbiy, ijtimoiy, psixologik, huquqiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya masalalarini oʻrganadigan yirik ilmiy, tashkiliy metodik va konsultativ markaz. 1972-yil Toshkentda nogironlarni mehnat qobiliyatini aniqlash va tiklash ilmiy tadqiqot lab. sifatida tashkil etilib, 1980-yil u nogironlarni mehnat qobiliyatini aniqpash va tiklash ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. 1997-yildan hozirgi nomda. Asosiy yoʻnalishlari: nogironlik muammolarini tibbiy-mehnat ekspertizasi orqali fuqarolar mehnat qobiliyatini turgʻun yoʻqotish darajasini aniqlash, ularda saqlanib qolgan funksional holatlarni turli reabilitatsiya choratadbirlari yordamida tiklash, oʻziga mos mehnat turi bilan shugʻullanishiga yoʻllanma berish, ularni oila va mehnatga qaytarish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishga yordam berish, shuningdek, malakali reabilitolog mutaxassislarni tayyorlash, joylardagi tibbiymehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) hamda 10 ta mintaqaviy hududiy reabilitatsiya markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy tekshirish asosida ishlab chiqilgan uslubiy meʼyoriy hujjatlarni amaliyotga joriy qilish. Markazda 3 ilmiy boʻlim (terapiya, jarrohlik, nevrologiya), 150 oʻrinli klinika, funksional diagnostika va testlash, fizioterapiya, biokimyoviy lab., rentgen xonasi va qabulxona bor. Oʻzbekiston milliy reabilitatsiya markazir.m.da 5 ta fan doktori, 12 fan nomzodi va 30 dan ziyod ilmiy xodim xizmat qiladi (2005). Aspirantura boʻlimi ochilgan (2003). Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi, monografiya, uslubiy qoʻllanma va boshqalar nashr etiladi.