Oʻzbekiston (restoran)
Oʻzbekiston restorani – Rossiyaning Moskva shahridagi restoran. Shaharning Markaziy maʼmuriy okrugi Tver tumani Neglinnaya koʻchasi 29-uy 5-binoda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimda restoran oʻrnida traktir (eski tipdagi restoran) boʻlgan, u 20-asrda sotilgan va oʻrnida fransuz kafesi ochilgan[1][2]. Keyinchalik bu yerda ofitserlar tamaddixonasi boʻlgan va 1951-yilda u yopilgan. Oʻzbekiston SSR Savdo vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston restorani ochilgan. Restorandan tashqari pazandachilik boʻlimi ham boʻlgan, u yerda tashrif buyuruvchilar baʼzi taomlarni sotib olishlari va ularni oʻzlari bilan olib ketishlari mumkin boʻlgan. 1997-yilda restoran yirik tarmoqning bir qismiga aylandi, bino va interyer rekonstruksiya qilindi va restoran ikkita mustaqil muassasaga boʻlindi[3].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Restoranning zamonaviy gʻishtli ikki qavatli binosi 1902-yildan beri maʼlum. Oʻtgan asrning 50-yillariga toʻgʻri kelgan mashhur fasad sharqona uslubda ishlab chiqilgan, milliy bezaklar bilan bezatilgan, fasad dizaynida qisman koshinlardan foydalanilgan, bezakli mozaik pannosi boʻlgan. Ayni paytda binoning fasadi qisman oʻzgartirilgan, ichki qismi ham yangilangan. Interyerning oʻziga xos xususiyati – oʻymakorlik bilan bezatilgan massiv yogʻoch eshiklar, shuningdek, devor va kamarlarni loyihalashda mozaik bezaklardan foydalanish, ajoyib ishlangan qandillar va oʻyilgan mebellar.
Restoranga tashrif buyurganlar orasida Boris Yeltsin[2], Lyudmila Gurchenko, Vladimir Visotskiy[4] va boshqalar boʻlgan. Restoran nomi adabiy asarlarda, masalan, Y. A. Yevtushenkoning „Сквер величаво листья осыпал“ (oʻzbekcha: Maydon barglarini ulugʻvor yogʻdirdi) tilga olingan.
Oshxonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston restorani Moskvadagi Markaziy Osiyo oshxonasining birinchi restoranlaridan biri boʻlgan. Hozirgi kunda u yerda arab, Kavkazorti oshxonalari va boshqa taomlar ham taklif qilinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Юлия Судакова. „Там обедали Горький, Чехов и Куприн: московские рестораны с историей“ (ru). Life (2016-yil 11-sentyabr). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 Людмила Сальникова. „Рестораны-легенды“ (ru). Time Out (2009-yil 26-oktyabr). 2019-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
- ↑ „История ресторана «Узбекистан»“ (ru). Сайт ресторана. 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
- ↑ Мария Пронина. „Как пили и гуляли в Москве Чехов, Маяковский, Гагарин и Гурченко“. Афиша Город. Афиша (2015-yil 25-mart). 2020-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.