Oʻzbekiston-178

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"OʻZBEKISTON-178" — oʻrtapishar pomidor navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida 107D,D2D3DAK kolleksiya namunasidan tanlov usuli bilan chiqarilgan (Ye.V.Yermolova). Tupi ixcham, serbarg. Mevasi yumaloq, ogʻirligi 120—160 g, issiqqa chidamli. Tarkibida 5,6% quruq modda va 3,2% qand bor. Koʻchati ekilganidan keyin birinchi hosili 120—125 kunda pishadi. Hosildorligi 650—700 s/ga. Saqlashga va tashishga chidamli. 1985-yildan Fargʻona vodiysi viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.