Oʻzak
Qiyofa
Oʻzak, asos — soʻzning asl maʼnosini bildirib, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, mustaqil holda leksik maʼno bildiradigan eng kichik qism. Soʻzga turlicha affikslar qoʻshilib kelganda ham, oʻzakning maʼnosi yoʻqolmaydi, undan yasalgan soʻzlarning maʼnosi ana shu maʼno bilan bogʻlangan boʻladi. Masalan, bilimdonlik soʻzi lik affiksi orqali bilimdon soʻzidan yasalgan; bilimdon soʻzi bilim soʻziga don affiksini qoʻshish bilan yasalgan, bilim soʻzi bil soʻziga im affiksini qoʻshish bilan yasalgan. Bil soʻzi esa U. soʻz boʻlib, bilim, bilimdon, bilimdonlik soʻzlarining yasalishi uchun asos boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Oʻzak“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Oʻ-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |