Oʻteniyaz jirov
Oʻteniyaz jirov (1884 Qoraqalpogʻiston, hozirgi Kegeyli tumani Shoʻrtanboy qishlogʻi — 1970) — qoraqalpoq oqini. Erpoʻlat oqinning shogirdi. Yoshligidan xalq qoʻshiqlariga havas qoʻygan. Dastlab Boyniyoz baxshi (1875— 1925) qoʻshiqlarini yod olib, kuylab yurgan. 19 yoshlarida ustozidan qoʻbiz chalishni, "Alpomish", "Ediga", "Shahriyor" kabi dostonlarni oʻrgangan. Oʻteniyaz jirov "Jiyanqulnoma", "Tumanboynoma", "Aytivornoma", "Ermon jirovnoma", "Dovulboy jirovnomasi", "Nurabullaning yoʻli" kabi qoʻshiqlarni ijro etgan. "Oʻy doʻgʻi", "Qanigul" va boshqalar quylarni yaratgan. Oʻteniyaz jirov dan "Shahriyor" dostonining mukammal varianti yozib olingan, rus va oʻzbek tillariga tarjima etilib, nashr qilingan. Undan yozib olingan ayrim doston, qoʻbiz kuylari, terma va toʻlgʻovlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali qutubxonasida saqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |