Oʻta asosli togʻ jinslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻta asosli togʻ jinslari, ultrabazitlar, giperbazitlar — tarkibida dala shpati boʻlmagan, kremnezyom kam, magniy va temir koʻp boʻlgan magmatik togʻ jinslari. Oʻta asosli togʻ jinslarit.j.da olivin va piroksenlar asosiy jins hosil qiluvchi minerallardir. Bu jinslar yuqori mantiyadan chiqib kelayotgan magmaning kristallanishi natijasida hosil boʻladi. Oʻta asosli togʻ jinslarit.j.ning qattiq holatdagi jismlari Yer poʻstining chuqur gorizontlaridan siqib chiqarilishi mumkin. Metamorfizm taʼsirida ular serpentinit, amfibolit va slanetslarga aylanadi. Oʻta asosli togʻ jinslarit.j. ofiolitli mintaqalarni (qarang Ofiolitlar) tashkil qiladi hamda okean tipidagi Yer poʻstining tarkibiga kiradi. Oʻta asosli togʻ jinslarit.j. Ural, Kola ya.o., Sibir, Ukraina, Kavkaz va Qozogʻistonda tarqalgan. Ular bilan nikel, kobalt, xromit, platina rudalari, talk, magnezit va asbest konlari bogʻliq.