Kontent qismiga oʻtish

Oʻrtaovul

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻrtaovul — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi shaharcha (1974-yildan). Transport yoʻli stansiyasi. Tuman markazi Eshonguzar shaharchasidan 16 km janubida. Aholisi 17,2 ming kishini tashkil etadi (2004). Goʻsht kti, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, xususiy, qoʻshma korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, madaniyat uylari, klub muassasalari bor. Toshkent — Chinoz, Toshkent — Yangiyoʻl va boshqalar yoʻnalishlardagi avtobus va marshrutli taksilar Oʻrtaovul hududidan oʻtadi. Oʻrtaovuldan Toshkentga marshrutli taksilar qatnaydi.