Turkiston toʻplami
"Turkiston toʻplami", Oʻrta Osiyo va xususan Turkiston oʻlkasiga oid asar va maqolalarning Turkiston toʻplami" — Oʻrta Osiyo tarixi, etn., iktisodi, botanikasi, arxeologiyasi, geol. si, xalqning turmushi va madaniyatiga oid noyob bibliografik asar.
Oʻrta Osiyo haqidagi alohida kitoblar, gaz. va jurnali qirqimlaridan tuzilgan boʻlib, jami 594 jilddan iborat. Uning 1867—87 yillarga oid materiallarni oʻz ichiga olgan 416 jildi bibliograf VM.Mejov tomonidan tayyorlangan. U matbuotda Oʻrta Osiyo hakida eʼlon qilingan barcha maʼlumotlarni kiritishga harakat qilgan. Toʻplamni nashr etish nshlari 1888-yilda Turkiston maʼmuriyati koʻrsatmasi bilan toʻxtatilgan, faqat 1907-yilga kelib davom ettirilgan.
"Turkiston toʻplami"ning davomini tuzishga Oʻrta Osiyo haqidagi adabiyotlar boʻyicha mutaxassis N.V. Dmitrovskiy, etnofaf A.A.Divayev, Turkiston xalq kutubxonasining mudiri I.P.Zikov, sharqshunos olim Yu.F.Bonch-Osmolovskiylar jalb etilgan. Ular hamkorligida (asosan, gaz. materiallaridan iborat) toʻplamning yana 127 jiddi tuzilgan. Bibliograf va kutubxonashunos A.A. Semyonov 1911—16 ylarda "Turkiston toʻplami"ning 48 ta jiddini tuzdi. Bu toʻplam tuzilish jihatdan ilgarigilardan yuqori turadi. Bibliograf Ye.K.Betger tahriri ostida 1939-yil "Turkiston toʻplami"ning soʻnggi 3 jiddi tuzilgan.
Bu jildlar M.A.Terentyevning 1917-yilgacha tayyorlangan "Oʻrta Osiyoning bosib olinishi tarixi" asari, uning xarita va planlaridan tashkil topgan. "Turkiston toʻplami"ning hamma jildlarida mualliflar tomonidan alifboli koʻrsatkich tuzilgan. "Turkiston toʻplami" Oʻrta Osiyoga doir koʻp tadqiqotlar uchun muhim manba boʻlib xizmat kidali. Toʻplamning barcha jildlari Oʻzbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mejov V.I., Bibliografiya Azii, 1—2j.lar, T., 198194.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |