Boʻribosar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻrta Osiyo ovcharkasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boʻribosar, Oʻrta Osiyo ovcharkasi —Oʻrta Osiyoda tarqalgan jaydari it zoti. Uzoq davr davomida chuponlar tomonidan eng yaxshi namunalarini tanlash va tabiiy chatishtirish yoʻli bilan chikarilgan. Erkagi boʻydor, gavdali, koʻkragi keng , kallasi katta, oyoklari baquvvat, ovozi haybatli. Rangi turlicha. Asosan erkagi koʻproq qadrlanadi. Chorva mollari podalarini boʻrilar hujumidan saklash (nomi ham shundan), oʻtovqoʻralarni qoʻriqpash vazifalarini bajaradi. Urishqoqlik sifatlarini oshirish uchun yosh (1—2 oy)ligida quloq va dumi kesib qisqartiriladi. Eng kuchlilari havaskorlar tomonidan it urishtirish musobaqalarida qatnashish uchun boqiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Boʻribosar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil