Oʻroqqanotlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻroqqanotlilar — shom kapalaklari oilasi. Qanotlari yoyilganida 20–40 mm, keng; oddingi qanotlarining uchki qismi choʻziq va oʻroqsimon egilgan (nomi shundan): Tanasi ingichka, xartumi kichik yoki boʻlmaydi. 800 ga yaqin turi bor; asosan, Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik qismida tarqalgan. Oʻzbekistonda 10 ga yaqin turi uchraydi. Qurtlarining tanasi siyrak tuklar bilan qoplagan; qorinoyoqlari 4 juft; daraxtlar va butalar bargi bilan oziqlanadi. Barglardagi pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Yilda 2 avlodi rivojlanadi.