Oʻrmonshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻrmonshunoslik — oʻrmon hayoti, oʻrmonlar yaratish va oʻrmon resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi fan; oʻrmonchilikning ilmiynazariy asosi. Oʻ. oʻrmonni va uning tarkibiy qismlari biologiyasi, ekologiyasini (oʻrmon bilan iqlimning oʻzaro bogʻliqligi, tuproq va biotik omillarning oʻzaro munosabatlarini), oʻrmonlarning tiklanish va shakllanish qonunlarini, oʻrmon tiplarini va ularning fazo va vaqtda oʻzgarishini oʻrganadi. 20-asr boshlarida fan sifatida shakllandi. V.V. Dokuchayevning tuproq qoplamlari zonalligi haqidagi taʼlimoti hamda oʻrmonshunos olimlarning tajribalari asosida rus oʻrmonshunosi G.F. Morozov (1867—1920) oʻrmon haqidagi taʼlimotni yaratdi (1902—12).

Tabiiy geografiya, biologiya va boshqalar fanlar asosida rivojlanayotgan Oʻ. oʻrmon resurslaridan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda Oʻ.ning ilmiy muammolari Oʻzbekiston manazarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi ilmiyi.ch. Markazida oʻrganiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xonazarov A., Oʻrmonshunoslik, T., 2001.