Oʻpka arteriyasi
Oʻpka arteriyasi — yurak oʻng qorinchasidan boshlanuvchi tomir boʻlib, karbonat angidridga toʻyingan qonni oʻpkalarga olib borish vazifasini bajaradi. Uning uzunligi 5-6 sm, kengligi esa 3-3.5 sm boʻladi. Oʻpka arteriyasi aorta yoyi ostida, IV-V koʻkrak umurtqalari qarshisida oʻng va chap oʻpka arteriya tarmoqlariga boʻlinadi[1][2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Kichik qon aylanish doirasi, 2003 (O'zbekcha), Toshkent: "Chinor ENK" nashriyoti — 228 bet. 27-iyul 2023-yilda qaraldi.
- ↑ „O'pka arteriyasi“. uz.m-almahdi.com. Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.
![]() |