Oʻlmas Saidjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saidjonov Oʻlmas (1951.10.1, Kitob tumani, 2016.13.2, Toshkent[1]) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Qarshi davlat ped. intini (1974), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan (1981). 1994 yildan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1996 yildan akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi)ning direktori, ayni paytda, 1996—2001 yillar "Oʻzbeknavo" birlashmasi direktori oʻrinbosari. Kuchli, yorqin va jozibali ovoz sohibi. Repertuaridan oʻzbek mumtoz ashulalari ("Feruz", "Guluzorim", "Mustahzod", "Girya" va boshqalar) va zamonaviy bastakorlar asarlari ("Onajonim", "Furqat nidosi", "Temur bobom", "Bogʻi jahonnoma", "Beminnat", "Nigorim", "Surating" kabi) oʻrin olgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali YUNESKOning maxsus mukofoti sovrindori. S. ijodiga bagʻishlangan telefilm ("Oʻzbekiston xalq hofizi Ulmas Saidjonov kuylaydi") ishlangan (1996, Oʻzbekiston televideniyesi). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).[2]

Manbalar[tahrir]

  1. daryo.uz
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil