Oʻlik muz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻlik muz — harakati toʻxtagan muzlik qoldiklari. Harakati faol muzliklarning chekka qismida boʻlib, koʻpincha ular bilan chegarasi aniq boʻlmaydi. Oʻlik muzning qalinligi bir necha oʻn m gacha yetishi mumkin. Togʻlarda Oʻlik muzlar odatda, morena yotqiziqlarining qalin qatlami bilan qoplangan boʻladi. Shu sababli ularning erishi sekinlik bilan sodir boʻlib, uzoq vaqt saqlanib turadi. Oʻlik muzning notekis erishi oʻrqirli relyefning shakllanishiga olib keladi. Oʻlik muzning katta boʻlaklari, ulkan hajmdagi muzning tez pastga surilishi va morenalarning ogʻirligi sababli oʻz harakatini toʻxtatishi hamda asosiy muzlik bilan aloqasini yoʻqotishi oqibatida hosil boʻladi. Oʻlik muzning juda yirik massalari pleystotsen muzlik qoplamlarining degradatsiyasi natijasida paydo boʻlgan.