Oʻlchash generatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻlchash generatori — radiotexnika qurilmalarini sinash va sozlash uchun kichik quvvatli elektr tebranishlarini hosil qiladigan (generatsiyalaydigan) asbob. Tuzilishi signallarning turiga (impulsli, sinusoidal va maxsus shaklli) va hosil qilinadigan chastotalar diapazoniga bogʻliq boʻladi. Turlari: past (tovush) chastotali generatorlar, standart signallar generatori, oddiy signallar generatori, videochastotalar generatori, impulslar generatori. Oʻ. g ., asosan, chastotalar diapazoni keng boʻlgan oʻzgaruvchan tok manbai sifatida ishlatiladi.