Oʻktam Vahobova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻktam Karimovna Vahobova (1928.25.10, Margilon) — terapevt-kardiolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980); tibbiyot fanlari doktori (1972), professor (1973). Samarqand davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1973 yildan), institut prorektori (1961 — 66), rektori (1966—81), 1987 yildan terapiya kafedrasi mudiri. Toshkent davlat tibbiyot instituti prorektori (1982— 86). Ilmiy ishlari yurak-tomir kasalliklari: yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya va aterosklerozning epidemiologiyasi, klinikasi va zamonaviy davolash usullari, shuningdek uglevodlar va lipidlar almashinuvining biokimyoviy koʻrsatkichlarini aniqlashga oid. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil