Oʻgʻir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻgʻir, keli — qoʻlda don (arpa, bugʻdoy, joʻxori va boshqalar) yanchish, sholi oqlash uchun moʻljallangan roʻzgʻor buyumi. Pishiq yogʻochning ichini oʻyib tashlab ishlanadi. Dastasi (kelisop) ham qattiq yogʻochdan qilinadi. Dastaning oʻrtarogʻida ikkala qoʻl bilan ushlash uchun oʻyigʻi boʻladi. Kelisopning uz. — 1,5–2 m. Oʻ.da donni yanchish uchun don bir oz ivitib qoʻyiladi, soʻngra Oʻ.ga yarmigacha solinib, kelisop bilan qattiqqattiq uriladi. Oʻ. dehqonchilik rivojlanib, don ekila boshlagach paydo boʻlgan. Hozir ham (ayniqsa, qishloq joylarda) uyroʻzgʻorda ishlatiladi.