Kontent qismiga oʻtish

Oʻrmon-dasht zonalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`rmon-dasht zonalaridan yoʻnaltirildi)

Oʻrmon-dasht zonalari — moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Bu zonalar tabiiy landshaftida oʻrmonlar bilan dashtlar almashinib keladi. Moʻʼtadil mintaqalarda materiklar ichki qismida keng maydonlarni egallagan. Yevrosiyoda Dunayboʻyi pasttekisligidan Oltoy togʻlarigacha tutash zona hosil qiladi. Soʻngra Mongoliya va Uzoq Sharqda, Xitoyning shim,sharqida ham mavjud. Shimoliy Amerikaning Buyuk tekisliklari orqali 38° shahrik.gacha choʻzilgan. Bu zonalarda qish sovuq va qorli boʻladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2° dan —20° gacha, iyulniki 18° dan 25° gacha. Yogʻin miqdori 400– 1000 mm, koʻp qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Tuproqlari xilmaxil. Usimliklari kichikkichik oʻrmonzorlar va dasht oʻtloqlaridan, hayvonot dunyosi oʻrmon va dasht hayvonlaridan iborat. Moʻʼtadil mintaqalarning Oʻrmon-dasht zonalariz.da keng bargli, igna bargli, mayda bargli oʻrmonli dashtlar va preriya zonalari mavjud. Subtropik mintaqalarning Oʻrmon-dasht zonalariz. Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika subtropiklarida joylashgan. Afrikada va Avstraliyada ham ayrim joylarda Oʻrmon-dasht zonalariz. uchraydi. Janubiy Amerika Oʻrmon-dasht zonalariz.ning ichki oʻlkalari daraxtsiz savanna va pampa bilan band. Iqlimi subtropik mussonli, qishi iliq, yozi issiq. Eng sovuq oyning oʻrtacha temperaturasi 4—12°, eng issiq oyniki 20—24°, yogʻin miqdori 600–1200 mm. Oʻsimliklar vegetatsiyasi yil boʻyi davom etadi. Tuproqlari unumdor. Daraxt oʻsimliklari koʻproq daryo vodiylarida tarqalgan. Oʻrmon-dasht zonalariz. hududlaridan dehqonchilikda, baʼzi joylarda yaylov chorvachiligida foydalaniladi.