Nyu-Bransuyk
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nyu-bransuyk - Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya, Atlantika okeani sohilida, Maydoni 72,9 ming km². Aholisi 756,6 ming kishi (2002), aksari qismi fransuz-kanadaliklar. Maʼmuriy markazi — Frederikton shahri Aholisining katta qismi shaharlarda yashaydi.
I.-B.ning yer yuzasi qir va payettekisliqdan iborat. Hududining 75% oʻrmon. Foydali qazilmalardan mis, nikel, qoʻrgʻoshin, rux, kumush rudalari konlari bor. Yogʻoch tilish, sellyu-lozaqogʻoz sanoati rivojlangan.
N.-B. hududiga dastlab, 1604-yilda fransuzlar borib oʻrnashgan. 1794-yildan Buyuk Britaniya mustamlakasi, 1867-yildan Kanada tarkibiga kirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |