Nyaya
Nyaya (sanskritcha — mantiq) — hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni eʼtirof etadigan) tizimlardan biri. Hind faylasufi Gotama (taxminan miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) asos solgan. N. markazida bilish nazariyasi va mantiq masalalari turadi. Mantiqiy xulosa chiqarishning 5 qismli usulini ishlab chiqqan. N.ning mantiqiy realiz-mi uni vaysheshika atomistik taʼli-moti bilan yaqinlashib, birlashishga olib kelgan. Buddizm bilish nazariyasi (madxyamika)ning skeptitsizmiga karshi chiqqan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |