Nuttallioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nuttallioz — toq tuyok/sh hayvonlar, asosan, otlarda uchraydigan protozoy kasalligi. Qoʻzgʻatuvchisi eritro-sitlarda parazitlik qiluvchi bir hujayrali Nuttallia equi organizmlari. N.ni kanalar tarqatadi. Kasal hayvonning harorati koʻtariladi, boʻshashadi, ishtahasi yoʻqoladi, shilliq pardalari sargʻayadi. Qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamayadi. Ka-sallik 2—6 haftagacha, baʼzan undan ortiqqa choʻziladi. Tashhis klinik belgilar va qonda qoʻzgʻatuvchining topilishiga qarab qoʻyiladi.

Davolash: flavakridin, piro-plazmin (akarpin), azidin, sulfantrol va boshqa dori-darmonlar qoʻllaniladi.

Oldini olish: N. kasalligini tarqatuvchi iksod kanalarini yoʻqotish.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil