Nusrat Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nusrat Hamidovich Abdullayev (1933.14.7, Toshkent) — patofiziolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tibbiyot fanlari doktori (1967). Professor (1970). 1972-yildan 1-Toshkent tibbiyot instituti patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Immunologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1984-87). Ilmiy ishlari ovqat hazm qilish aʼzolari, meʼda osti bezi, jigar va moddalar almashinuvi patologiyasiga ba-gʻishlangan. Abullayev tibbiyot institutining talabalari uchun darslik hamda bir qancha metodik qoʻllanmalar va lugʻatlar muallifi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil