Aktinomitsetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nursimon zamburug‘lardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Aktinomitsetlar, nursimon zamburug‘lar – shoxlangan hujayralar yoki giflarni hosil qiluvchi bakteriyalar. Ular tuzilishida zamburug‘larga xos xususiyatlar ham mavjud. A.ga chin A., mikobakteriyalar, streptomitsetlar va boshqa kiradi; 700 ga yaqin turi bor. A. sub-stratdan nursimon o‘sib chiqqan ingichka 78ipchalardan iborat (nursimon zamburug‘ nomi shundan kelib chiqqan). Ipcha (miseliy) shoxchalarining uchida sporalar bo‘ladi. A. shu sporalardan ko‘payadi. Tuproq, suv havzalari, havo va o‘simlik qoldiqlarida uchraydi. Ba’zilari odam va hayvonlarda (aktinomikoz, sil, dif-teriya), shuningdek o‘simliklarda para-zitlik qiladi. Antibiotiklarni hosil qiluvchi turlari (asosan, streptomitsetlar), pigmentlar, vitaminlar va sh.k.dan mikrobiologiya sanoatida foydalaniladi, shuningdek doridarmonlar (antibio-tiklar) olinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil