Aktinomitsetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Streptomyces sp 01.png

Aktinomitsetlar, nursimon zamburugʻlar – shoxlangan hujayralar yoki giflarni hosil qiluvchi bakteriyalar. Ular tuzilishida zamburugʻlarga xos xususiyatlar ham mavjud. A.ga chin A., mikobakteriyalar, streptomitsetlar va boshqa kiradi; 700 ga yaqin turi bor. A. sub-stratdan nursimon oʻsib chiqqan ingichka 78ipchalardan iborat (nursimon zamburugʻ nomi shundan kelib chiqqan). Ipcha (miseliy) shoxchalarining uchida sporalar boʻladi. A. shu sporalardan koʻpayadi. Tuproq, suv havzalari, havo va oʻsimlik qoldiqlarida uchraydi. Ba’zilari odam va hayvonlarda (aktinomikoz, sil, difteriya), shuningdek oʻsimliklarda para-zitlik qiladi. Antibiotiklarni hosil qiluvchi turlari (asosan, streptomitsetlar), pigmentlar, vitaminlar va sh.k.dan mikrobiologiya sanoatida foydalaniladi, shuningdek doridarmonlar (antibio-tiklar) olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil