Nurlanish
Nurlanish —
1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi qam "N" termini bilan ataladi;
2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzgaruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (qarang Radiotoʻlqinlar);
3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. N.ning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri N. dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq.
N.dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan N. energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va hokazo)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi N. doza quvvati deyiladi. Baʼzi N. dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning N. dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan N. dozasi — 400 —500 ber; terapiyada qoʻllaniladigan N. dozasi 10000 ber gacha (yana q. Dozimetrax asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati).[1] N yadroviy reaksiyalar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlardir
Ekvivalent doza - nurlanish sifat omilini hisobga olgan holda, biologik organ yoki to‘qimada yutilgan doza o‘rtacha qiymatini ifodalaydi, ya’ni nurlanishning biologik ta’sir effektini belgilab beradi.
Вunda nurlanishning sifat omili yoki sifat koeffitsiyenti berilgan nurlanish to‘rining у —nurlanishga nisbatan solishtirilganda, havflilik darajasini ifodalaydi, ya’ni bu koeffitsiyent qiymati qanchalik katta bo‘lsa, demak, qarab chiqilayotgan nurlanish turi biologik ta’siriga ko‘ra shunchalik yuqori darajada xavfli hisoblanadi:
• Fotonlar (y - nurlanish va rentgen nurlanishida) - 1;
• 10 - 100 keV qiymatdagi neytronlar uchun - 10;
• 100 keV-2 MeV qiymatdagi neytronlar uchun - 20;
• 5 - 10 Mev qiymatdagi protonlar uchun - 10. Xalqaro o‘lchov birliklari tizimida ekvivalent doza qiymati o'lchov birligi Zivert (Zv) hisoblanadi. Shuningdek, ekvivalent dozani o ‘lchashda Xalqaro o'lchov birliklari tizimidan tashqari, o‘lchov birligi sifatida Вег (В) ishlatiladi: 1 Ber = 0,01 Zv. Hozirgi vaqtda ishlab chiqariluvchi barcha turdagi dozimetrlar Zv o'lchov birligi shkalasi bo'yicha belgilanadi. Zivert (Zv) o ‘lchov birligi Shvetsiyalikfizik olim - Rolf Zivert sharafiga qabul qilingan.
Radioaktiv nurlanishdan tashqari, biologik obyektning qancha vaqt davomida nurlanish ta’sirida bo‘ lganligi ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu sababli, nurlanish dozasining nurlanish vaqtiga nisbatini ifodalovchi - doza quvvati tushunchasi kiritilgan.
Xavfsiz doza quvvati {radioaktiv fori) odam organizmi uchun ~12-14 mkR/soat (mikroRentgen/soat) ga teng bo‘lib, 30 - 50 mkR/ soat nurlanish yetarlicha vaqt davomida ta’sir ko‘rsatishi organizmda patologik holatlar rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, oiim ga olib keluvchi, bir martalik radiatsion nurlanish dozasi ~500 R ga teng hisoblanadi.
Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektori (indikator) - bu modda bilan bevosita ta’sirlashishi davomida ionlashtiruvchi nurlanishning mavjudligini aniqlash imkonini beruvchi obyekt hisoblanadi.