Dozimetriya nazorati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dozimetriya nazorati - shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ, jangovar texnika, transport vositalari, harbiy anjomlar, oziq-ovqat, suv va muayyan hududning radioaktiv moddalar bilan zaharlanganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tadbirlar majmui. D. n. nurlanish va radioaktiv zaharlanishni nazorat qilishga boʻlinadi. Nurlanish D. n. shaxsiy tarkib radioaktiv moddalardan zaharlangan joylarda harakat qilganida yoki boshqa sharoitlarda yuqqan radiatsiya dozasini oʻlchashdan iborat. Uning maʼlumotlariga qarab shaxsiy tarkibning radioaktiv nurlanishdan zaharlanishini oldini olish choralari koʻriladi. Radioaktiv zaharlanish D. n.da shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ., jangovar texnika, transport vositalari, har-biy anjomlar, oziq-ovqat va suvning radioaktiv moddalar bilan zaharlanish darajasi oʻlchanadi. Uning maʼlumotlariga koʻra shaxsiy tarkibni sanitariya tekshiruvidan oʻtkazish, qurol-yarogʻ, texnika anjomlarini zararsizlantirish choralari belgilanadi. Bunday D.n. qoʻshinlar zaharlangan zonadan chiqarilganidan keyin oʻtkaziladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil