Kontent qismiga oʻtish

Akmal Nuriddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nuriddinov Akmal Vahobovichdan yoʻnaltirildi)
Nuriddinov Akmal Voxobjonovich

Nuriddinov Akmal Vahobovich — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, rangtasvir ustasi;

U 1959-yil 27-fevralda Namangan viloyati, Namangan shaxrida tug‘ulgan.

-Ma'lumoti oliy.

Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademigi (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (2003), Davlat mukofoti laureati (2001), "Fidokorona xizmatlari uchun"''' ordeni soxibi (2019). Yaponiya imperatorining "Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi"  ordeni bilan taqdirlangan (2024).

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1974 — 1978  yillarda  P.Benkov nomli Respublika rassomlik bilim yurti talabasi.
  • 1984 - yilda  Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
  • 1984 — 1989 yillarda Badiiy akademiya ijodiy ustaxonasi rassomi.
  • 1985 — 1986 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan.
  • 1989 — 2002 yillar — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom.
  • 2002 — 2004 yillarda  O‘zbekiston Milliy banki galereyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
  • 2004 — 2012 yillarda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom
  • 2012  yildan hozirgi vaqtga qadar  Kamoliddin Behzod  nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori (o‘rindoshlik asosida).
  • 2012  yildan beri  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritadi.

Akmal Nuriddinovr lirik-romantik va falsafiy-tahliliy uslubda ta’sirchan kartinalar yaratgan mamlakatimizning yetakchi rassomlaridan biridir. 1990-yillardan boshlab sevgi mavzusi Akmal Nuriddinov ijodida asosiy mavzuga aylandi. Bu vaqtda uning uslubida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. 1980-yillarning oxiridagi ma’yus rasmlarning estetikasi o‘z o‘rnini lirik ohangdagi rasmlarga beradi. Sharq klassiklari ham, zamonaviy o‘zbek adiblarining lirikasi ham uning asarlaridagi go‘zal plastiklik bilan birga keladi. Ularning intonatsion spektrida baxtiyorlik kayfiyati va javobsiz sevgi hamda ajralish haqidagi an’anaviy "nola" birga yashaydi. Rassom Sharq sheʼriyati va xalq ogʻzaki ijodining turli ramziy va allegorik obrazlaridan foydalanadi – bular anor va olma mevalari, oy yoki yarimoy, daryo, baliq, qayiq va hokazo.

A. Nur ijodida ez-gulik va yovuzlik, yorugʻlik va zulmat toʻqnashuvi va bunda ezgulik va yorugʻlikning tantanasi, maʼnaviy qadri-yatlar tarannum etiladi, mustaqillik olib kelgan oʻzgarishlar, muhabbat, oilaviy baxt-saodat, insof va diyonat oʻz aksini topdi.

"Hayot boshlanmoqda" uchligi, "Umid bulogʻi", "Ajdodlar nazari" (1987); "Kushan qishlogʻi", "Tong", "Kushan afsonasi" (1988); "Oila" (1990); "Darvish", "Shahar taqdiri", "Tun va kun", "Unutilgan qadriyatlar", "Shirin tush" (1992); "Tojmahal", "Muhabbat bogʻi" (1993); "Ishq olmasi", "Tun va kun. Zulmat va Ziyo" (1995); "Jayxun", "Fikr parvozi" (1996); "Tavhid" (1997); "Rishton natyurmorti", "Ilhom pariyey" (1998); "Muhabbat vodiysi", "Armon" (2000); "Oy ustidagi pari" (2001); "Jannat uchligi", "Ona" (2003) va boshqa

Ko‘rgazmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nomi Shahar Davlat
1987 Butunittifoq badiiy ko‘rgazmasi Moskva Rossiya
1988 SSSR Badiiy akademiyasining ko‘rgazmasi Toshkent O‘zbekiston
1988 SSSR Badiiy akademiyasining ko‘rgazmasi Leningrad Rossiya
1988 «23 lar uyushmasi» ko‘rgazmasi Toshkent O‘zbekiston
1989 «23 lar uyushmasi» ko‘rgazmasi Toshkent O‘zbekiston
1989 «23 lar uyushmasi» ko‘rgazmasi Samarqand O‘zbekiston
1989 Xalqaro ko‘rgazma Skople Yugoslaviya
1990 Shaxsiy ko‘rgazma Toshkent O‘zbekiston
1990 Oʻzbekiston rassomlarining guruh koʻrgazmasi,Devidson galereyasi Sietl AQSH
1991 shaxsiy ko‘rgazma Rabat Marokash
1991 shaxsiy ko‘rgazma Gaaga Gollandiya
1992 «23-lar uyushmasi» ko‘rgazmasi Toshkent O‘zbekiston
1992 shaxsiy ko‘rgazma Toshkent O‘zbekiston
1992 Shaxsiy ko‘rgazma, San’at merosi galereyasi Dehli Hindiston
1995 Shaxsiy ko‘rgazma, «Ilhom» teatr-studiyasi Toshkent O‘zbekiston
1995 Shaxsiy ko‘rgazma Myunxen Germaniya
1996 Respublika ko‘rgazmasi Toshkent O‘zbekiston
1996 «Habitat-2» Xalqaro ko‘rgazmasi Istanbul Turkiya
1997 O‘zbek rassomlarining guruh ko‘rgazmasi Detinxaym Gollandiya
1998 Oʻzbekiston rassomlarining guruh koʻrgazmasi Kyoln Germaniya
1999 «Men sevgi diniga e’tiqod qilaman» shaxsiy ko‘rgazmasi Toshkent O‘zbekiston
2000 Jahon bankida oʻzbek rassomlarining guruh koʻrgazmasi Vashington AQSH
2001 Shaxsiy ko‘rgazma Detinxaym Gollandiya
2006 ShHT mamlakatlari Xalqaro ko‘rgazmasi Xanchjou Xitoy
2007 shaxsiy ko‘rgazma, Sovkom galereyasi Moskva Rossiya
2014 «Tuygʻular va orzular» shaxsiy koʻrgazmasi Toshkent Oʻzbekiston

Asarlari O‘zbekistonda – Toshkent shahrida: O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ko‘rgazmalar direktsiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankida, O‘zbekiston Invest bankida; A.Ikromov nomidagi Samarqand davlat tarixiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasida, Urganch rasm galereyasida; xorijda – Zamonaviy san’at muzeyida (Yugoslaviya), Sietldagi Devidson galereyasida (AQSh), Art Heritage galereyasida va Lalit Kala akademiyasida, Dehlida (Hindiston), Credit Suisse Bankda (Shveysariya), shuningdek Gollandiya shaxsiy  kolleksiyalarida, Germaniya, Belgiya, Avstraliya, AQSh, Isroil, Kanada, Marokash, Hindiston, Turkiya, Shveysariyada joylashgan.

A. Nur 1987-yildan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

[1]



  1. „artvernissage web sayti“.