Akmal Nuriddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nuriddinov Akmal Vahobovich (1959.27.2, Namangan) — rangtasvir ustasi; Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (2003). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1978),Mannon Uygʻur nomidagi teatr va rassomlik sanʼati instituti (1984)ni tugatgan. N. ijodida ez-gulik va yovuzlik, yorugʻlik va zulmat toʻqnashuvi va bunda ezgulik va yorugʻlikning tantanasi, maʼnaviy qadri-yatlar tarannum etiladi, mustaqillik olib kelgan oʻzgarishlar, muhabbat, oilaviy baxt-saodat, insof va diyonat oʻz aksini topdi. Asarlari: "Hayot boshlanmoqda" uchligi, "Umid bulogʻi", "Ajdodlar nazari" (1987); "Kushan qishlogʻi", "Tong", "Kushan afsonasi" (1988); "Oila" (1990); "Darvish", "Shahar taqdiri", "Tun va kun", "Unutilgan qadriyatlar", "Shirin tush" (1992); "Tojmahal", "Muhabbat bogʻi" (1993); "Ishq olmasi", "Tun va kun. Zulmat va Ziyo" (1995); "Jayxun", "Fikr parvozi" (1996); "Tavhid" (1997); "Rishton natyurmorti", "Ilhom pariyey" (1998); "Muhabbat vodiysi", "Armon" (2000); "Oy ustidagi pari" (2001); "Jannat uchligi", "Ona" (2003) va boshqa

N. 1987 yildan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Hindiston, Shveysariya va boshqalar) muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil