Nur tezligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nur tezligi (astronomiyada) — osmon jismi (Mas, yulduz) fazoviy tezligining kuzatuvchidan shu jismga oʻtkazilgan toʻgʻri chiziqqa, yaʼni koʻrish nuri yoʻnalishiga proyeksiyasi. Dopler effekti boʻyicha anikdanadi. Unga koʻra, yorugʻlik manbai kuzatuvchidan uzokdashayotgan boʻlsa, nurlanishning toʻlqin uzunligi uzayadi, yaqinlashayotgan boʻlsa, qisqaradi. Nur tezligini aniqlash uchun osmon yoritqichidagi nurlanish (yoki yutilish) toʻlqin uzunligi spektri bilan qoʻzgʻalmas yorugʻlik manbai toʻlqin uzunligi spektrining oʻzaro farqi rasmta olinadi va ularni bir-biriga taqqoslanadi. Shu usulda necha ming yulduzning Nur tezligi aniqlangan. Koʻpchilik yulduzlarning Nur tezligi necha oʻn km/s, baʼzilariniki bir necha ming km/s.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil