Nur Jahon maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nur Jahon maqbarasi
مقبرہ نورجہاں
Umumiy maʼlumot
Koordinatalar Koordinatalari: 31°37′15″N 74°17′41″E / 31.6209°N 74.2947°E / 31.6209; 74.2947 G O
Map
Nur Jahon maqbarasi xaritada
Nur Jahon maqbarasi

Nur Jahon maqbarasi (urdu. مقبرہ نورجہاں) – 17-asrda Lahor shahrida Boburiy malikasi Nur Jahon uchun maqbara hisoblanadi. Maqbara marmarlari bir qismi 18-asrda Amritsardagi Oltin ibodatxona qurilishida foydalanish maqsadida Sikxlar tomonidan talon-taroj qilingan[1][2][3]. Ushbu maqbara Jahongir maqbarasi, Osifxon maqbarasi va Akbari Saroy bilan birga Shohdara bogʻidagi Boburiy yodgorliklari ansamblining tashkil qiladi[4].

Joylashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara Lahor tarafidan qaraganda Ravi daryosining narigi tomonida, Shohdara bogʻida joylashgan. Maqbara ushbu bogʻdagi yodgorliklar ansambliga kiradi, bular: Jahongir maqbarasi, Akbari Saroy va Osifxon maqbarasi.

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nur Jahon aslida unga saroyga kelgach berilgan taxallus. Asl ismi Mehr-un-Nissa. Forsdan koʻchib kelgan Mirzo Gʻiyos bek va Asmat Begimning toʻrtinchi farzandi boʻlgan. Uning otasi Boburiy imperatori Akbarga xizmat qilgan, hukmdor unga Itmat-ud-daula („Davlat ustuni“) unvonini bergan. Nur Jahon eng qudratli Boburiy imperator xonimi hisoblanadi[5].

Arxitektura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan oq marmardan qurilgan otasining maqbarasidan farqli oʻlaroq, Nur Jahon maqbarasi asosan qizil qumtoshdan qurilgan[6]. Tashqi tarafi marmar bilan qoplangan va qimmatbaho toshlardan gulli mozaikalar bilan ishlangan 7 ta gumbaz mavjud.

Ichki koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbaraning markaziy gumbazli xonasida ikkita kenotaf mavjud boʻlib, ulardan biri Nur Jahon, ikkinchisi uning qizi [[Ladli Begim]|Ladli Begimga]] tegishli[7].

Bogʻ[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara Chorbogʻning markazida joylashgan[8]. Asl bogʻ saqlanib qolmagan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Calcutta Review, Volumes 72-73. University of Calcutta. 1881. Retrieved 14 September 2017.
  2. Bhalla, A. S. (2009). Royal tombs of India: 13th to 18th century. Mapin. p. 119. ISBN 9788189995102. Retrieved 14 September 2017.
  3. Saladin, Henri; Migeon, Gaston (2012). Art of Islam. Parkstone International. p. 94. ISBN 9781780429939. Retrieved 14 September 2017.
  4. Saladin, Henri; Migeon, Gaston (2012). Art of Islam. Parkstone International. p. 94. ISBN 9781780429939. Retrieved 14 September 2017.
  5. Goff, Richard D. (2011). World History. Cengage Learning. p. 531. ISBN 9781111345143.
  6. Findly, Ellison Banks (1993). Nur Jahan, Empress of Mughal India. Oxford University Press. ISBN 9780195074888. Retrieved 14 September 2017.
  7. Gold, Claudia (2008). Queen, Empress, Concubine: Fifty Women Rulers from Cleopatra to Catherine the Great. London: Quercus. p. 151. ISBN 978-1-84724-542-7.
  8. Findly, Ellison Banks (1993). Nur Jahan, Empress of Mughal India. Oxford University Press. ISBN 9780195074888. Retrieved 14 September 2017.