Nuqta (matematika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nuqta (matematikada) — geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri. Geometriyani izchil bayon qilishda N., odatda, boshlangʻich tushunchalardan biri sifatida qabul qilinadi. Hozirgi zamon mat.sida har xil fazolarni tashkil qiladigan turli elementlar N. deb ataladi (Mas, i-oʻlchovli evklid fazosida "-ta sonlardan hosil boʻlgan tartiblangan toʻplam N. deb ataladi).

Mat.ning koʻp sohalarida maxsus nom bilan ataladigan N.lar uchraydi. Mas, geometriyada egri chiziqlarning asosiy nuqtalari oʻrganiladi; qaytish N.si, yakkalangan N., egilish N.si, burchak Nuqta (matematika)

Toʻplam nazariyasida qaralayotgan toʻplam xossalarini tavsiflovchi N. lar tekshiriladi: limit N., chegaraviy N., zichlik N.si, differensial tenglamalar yechimlarining maxsus N.lari va h.k.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil