Nukleoproteidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nukleoproteidlar - nuklein kislotalarning oqsillar bilan birgalikdagi kompleksi. N. tarkibiga kirgan nuklein kislotalarning xiliga qarab, dezoksiribonukleoproteidlar (DNP) va ribonukleoproteidlar (RNP) farqlanadi. DNP barcha hujayralar yadrolarida va mitoxondriyalarida, shuningdek, spermatozoidlarning boshchasida boʻladi. DNP oqsillari gistonlar va protaminlar koʻrinishida boʻlib, DNK ikki-tali spirali tarnovlarida joilashadi, ular DNK tuzilishini muvofiklashti-rib, faolligini oshiradi. Koʻpgina viruslar, informosomalar RNPdan tashkil topgan. Organizmda N.ning biologik ahamiyati nuklein kislotalar (NK) ning funksiyasiga bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil