Kontent qismiga oʻtish

Nufar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nufar, sariq nilfiya (Nyphar) — nilfiyadoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi, ekma gul. Koʻp yillik, ildizpoyasi yoʻgʻon. Bargi qalin, yuraksimon, uzun bandli, suv yuzida suzib turadi. Guli yakka (diametri 4—5 sm), sariq, 10 ga yaqin (boshqa maʼlumotlarda 25) turi bor. Asosan, Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil zonasidagi koʻllarda 2 turi oʻsadi. Shundan cap i q N. (N. luteum) Oʻzbekiston suvlarida oʻsadi. Ildizida alkaloidlar (nufurin), tannidlar, kraxmal bor. Manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil