Nubiya choʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nubiya choʻli — Afrikadagi choʻl. Koʻp qismi Sudan hududida, Nil daryosi bilan Qizil dengiz oraligʻida. Yer yuzasi platodan iborat boʻlib, sharkdan gʻarbga zinapoyasimon pasayib borgan. Sharqida balandligi 1000 m, gʻarbida 350 m. Eng baland joyi 1240 m. Qizil dengiz boʻyida kambar pasttekislik bor. Qirgʻoq yaqinida marjon orol koʻp. Nubiya choʻlining sharqiy Femida Nubiya—Arabiston qalqonining qad. kristalli jinslari, qumtoshlar yer yuzasiga chiqib qolgan. Gʻarbiy qismida qumliklar bor. Platoni quruq oʻzanlar — vodiylar kesib oʻtgan. Yer osti suvlari kam. Yillik yogʻin 25 mm ga yaqin. Oʻrtacha temperatura yanvarda 15°, iyulda 30°. Oʻsimliklari siyrak. Kserofit gʻallagullilar, tikanli butalar oʻsadi. Aholi buloklar atrofida yashaydi, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Choʻlni temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesib oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil