Nu'monbek Dolimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nu'monbek Dolimovich Dolimov (1906.1.2. - Toshkent - 1977.10.7) - geograf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1940). Geogr. fanlari nomzodi (1944), dotsent (1945). Oʻrta Osiyo davlat universiteti (keyinroq Toshkent Davlat Universiteti deb atalgan) geografiya fakulteti dekani (1945—68). Ilmiy faoliyati Oʻzbekiston tabiatini oʻrganishga, lugʻatlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, oʻquv geografik haritalari, atlaslar yaratishga bagʻishlangan. Oʻquv adabiyotlarini oʻzbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan.

Manbalar[tahrir]

  • Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati, T., 1953; Oʻzbekiston geografiyasi, T., 1962 (hammuallif); Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1986 (hammuallif).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil