Novus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Novus, naus — zardushtiylarning ostodon (ossuariy)larini saklash uchun loy, tosh, gʻishtdan qilingan inshoot. Zardushtiylarda oʻliklarni yerga koʻmish, suvga tashlash, oʻtda yoqish man qilingan. Oʻliklarni qoyalar, qumlar ustiga tashlab, daxmalarga qoʻyib, yirtqich hayvon va qushlarga yedirganlar, suyagini ostodon yoki xum va xumchalarga solib, N.da saklaganlar. N.lar 1,5 m kenglikdagi uzun oxur.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil