Novorossiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Novorossiya — Kora dengizning Shimoliy sohillarini 18-asrning 2- yarmidan 1917-yilgacha boʻlgan rasmiy nomi. Turkiya bilan imzolangan bir qancha bi-timlarga (1739, 1774, 1791, 1812), aso-san, 18-asrda Rossiyaga qoʻshib olingan. "N." atamasi yangi hududni xoʻjalik jihatdan Rossiya tomonidan oʻzlashti-rilishi natijasida kelib chiqqan. Rossiya hukumati bu yerlarga ukrain va ruslarni koʻchirib keltira boshlagan, ko-lonistlar orasida koʻplab nemis va greklar ham boʻlgan. Hukumat zoʻr berib N. yerlarini nafaqat podsho amaldorlariga, balki koʻchib kelish sharti bilan "har qanday past darajadagi" shaxslarga ham tarqata boshlagan. Oʻlka hayotida dehqonchilik va chorvachilik katta oʻrin tutgan. 18-asrda N.da Yekaterinoslav, Nikolayev, Xerson, Odessa kabi shaharlar barpo etilgan; 1838-yil 12-sentabrda Novorossiysk shahriga asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil