Novella

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Novella (ital. novella) — nasrning kichik janri, hikoyaning bir turi. Dastlab qissa hajmidagi asarlar ham N. deb atalgan. N. hikoyadan syujet va kompozitsiyasining qatʼiyligi, tavsifiyligi va psixologik tasvirdan xoliligi, voqealarning gʻalati va hayratomuzligi, ramziy unsurlarning mavjudligi va boshqa bilan ajralib turadi. Jahon adabiyoti klassiklari G. Mopassan, A. P. Chexov, E. Xeminguey, nemis novellachilari L. Tik, G. fon Kleyst va boshqa N.ning yaxshi namunalarini yaratganlar. Oʻzbek adabiyotida A. Qahhorning "Mayiz yemagan xotin", "Dumli odam" singari hikoyalari hajviy N. janr talablariga koʻproq javob beradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil