Nosiriddin Abu Ja’far Muhammad ibn Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tusiy,Nosiriddin Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad—faylasuf,tabiiyotshunos va diniy-siyosiy arbob.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tusiy(1201-1273/74)—Tus shahri yaqinidagi Jaxrunda tug‘ilgan. Diniy va falsafiy ilmlarni 1216-yildan Nishopurda, shaharni mo‘g‘ullar bosib olganidan keyin (1222) esa,Tusda o‘rgangan.1228—1255-yillarda ismoiliy hukmdorlar, jumladan,Ko‘histon hokimi Nosiriddin va uning o‘g‘li Muinvddin saroyida xizmat qilgan.1255—1273-yillarda mo‘g‘ul hukmdorlari Xuloku va Abaqa huzurida mas’ul lavozimlarni egallagan. Bag‘dodda vafot etgan. Tusiy kalom ilmi masalalarini Aristotel falsafasi asosida hal etib, bu sohada Abu Ali ibn Sino anʼanasiga rioya etgan. Tusiy soʻfiylikka qiziqish bilan qaragan, o‘z davrining mashhur soʻfiylari bilan yozishib turgan. Tibbiyot,riyoziyot,tabiat va ayniqsa falakiyotga oid asarlar muallifi,Marog‘a rasadxonasining asoschisi sifatida shuhrat qozongan. Shia doiralarida faylasuf olim sanalib, katta obro‘ orttirgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „At-Tajrid“ („Nutq pokligi“) va „Qavoid al-aqoid“ („Aqidalar asosi“) asarlari fiqh hamda kalomga bag‘ishlangan.
  • Odob-axloqqa doir „Axloqi Nosiriy“ va falakiyotga oid „al-Muiniyya“ risolalarini yozdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Husniddinov, Zuhriddin. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: „O’zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.