Nosir Komilovich Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nosir Komilovich Ahmedov (1922.5.12, Toshkent) – anatom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach (1967), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967). Urush qatnashchisi (1942–43). Mirzacho‘l tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining mudiri va tuman bosh sanitariya vrachi (1943), Toshkent tibbiyot akademiyasi anatomiya kafedrasining assistenti (1947–55), Andijon davlat tibbiyot instituti (1955-57). Toshkent tibbiyot akademiyasi (1957 yildan) normal anatomiya kafedrasining dotsenti, professor (1969) II Toshkent tibbiyot akademiyasida shu kafedra mudiri (1990-97), 1997 yildan professor konsultanti. A. odam anatomiyasi, operativ xirurgiya va topografik ana-tomiyaga oid ilmiy ishlar, shuningdek 2 jildli "Odam anatomiyasi" daryoligi, 2 jildli "Odam anatomiyasi" atlasi mu-allifi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). "Ja-sorat" medali bilan mukofotlangan (1994).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil