Nosir Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nosir Komilovich Ahmedov (1922.5.12, Toshkent) — anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1967), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967). Urush qatnashchisi (1942-43). Mirzachoʻl tumani sogʻliqni saqlash boʻlimining mudiri va tuman bosh sanitariya vrachi (1943), Toshkent tibbiyot akademiyasi anatomiya kafedrasining assistenti (1947-55), Andijon davlat tibbiyot instituti (1955-57). Toshkent tibbiyot akademiyasi (1957-yildan) normal anatomiya kafedrasining dotsenti, professor (1969) II Toshkent tibbiyot akademiyasida shu kafedra mudiri (1990-97), 1997-yildan professor konsultanti. A. odam anatomiyasi, operativ xirurgiya va topografik ana-tomiyaga oid ilmiy ishlar, shuningdek 2 jildli „Odam anatomiyasi“ daryoligi, 2 jildli „Odam anatomiyasi“ atlasi mu-allifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). „Ja-sorat“ medali bilan mukofotlangan (1994).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil