Nosir Keshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nosir Keshiy Abdulhamid Keshiyning bobosi Humayd ibn Nosir Keshiyning otasi boʻlgan. Nosir Keshiy oʻz davrining maʼrifatli kishilaridan boʻlib, Movarounnahrga ilk islom dini kirib kelgan vaqtlardayoq mukammal ilm salohiyatga ega boʻlganligi uchun, ummaviylar xalifasi Abu Jaʼfar Mansur (vaf. 775 y.)ning ishonchli, xos olimlaridan hisoblangan hamda xalifa saroyida uzoq muddat masʼul xizmatda boʻlgan. Tarixdan maʼlumki, Abu Jaʼfar Mansur oʻz davrida davlat boshqaruviga, madaniy hayotga katta eʼtibor qaratgan xalifa boʻlib, saroyda alohida kutubxona bino qilib, barcha madaniy va ilmiy kitoblarni shu kutubxonada jamlab borgan. Abdulhamid Keshiyning oʻgʻli Muhammad ibn Abd oʻzlarining asli nasli haqida shunday xabar bergan: „Asli naslimiz Kesh qishloqlaridan biri Gʻazniyondan boʻlib, bobom Bagʻdodda tugʻilganlar. Chunki bobomning otasi (bobokalonimiz) Nasr Keshiy xalifa Abu Jaʼfar Mansur (vaf. 775 y.) saroyidagi muqim elchi vakillaridan edi. Bobokalonim, Bagʻdoddagi muqimlik muddati choʻzilib ketgach, oilasini Bagʻdodga koʻchirib olib ketgan. Shunday qilib, bobom Humayd ibn Nasr oʻsha erda tugʻilib, oʻsha yerda ulgʻaygan[1]. Bu tarixiy maʼlumotlardan shunday haqiqat aniq boʻladiki, muhaddisning otasi va bobosi ham VIII asrda yashab oʻz davrining etuk maʼrifatli kishilaridan sanalgan. Islom dini kirib kelgan ilk davrdan boshlab bu oila vakillari keshiylar sulolasiga asos solib, ilm-maʼrifatli boʻlib, Qurʼon, hadis, arab tili, fiqh, mantiq va boshqa ilmlarni mukammal egallashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Қаранг: Нажмиддин Насафий. Ал-Қанд фи зикри уламои Самарқанд. – Б. 113.