Kontent qismiga oʻtish

Norvegiya ayollar ligasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Davlat Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 1984 (40 yil avval) (1984)
2000-hozirga qadar (Toppserien nomi ostida)
1996-1999 (Eliteserien nomi ostida)
1984-1995 (1. divisjon nomi ostida)
Jamoalar soni 10 ta
Pastki liga 1. divisjon
Ichki kuboklar Norvegiya ayollar kubogi (1978-yildan beri)
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion Sandviken (1-marta)
Eng koʻp marta chempion LSK Kvinner
Trondheims-Ørn (7 martadan)
TV hamkorlar NRK telekanali
Veb-sayt [1]
Joriy mavsum: 2022-yilgi mavsum Toppserien

Norvegiya ayollar ligasi (shuningdek, Toppserien nomi bilan ham mashhur) Norvegiyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori darajasi. Norvegiya ayollar ligasi 1984-yilda tashkil etilgan[1].

Dastlab ayollar ligasi futboli 1977-yilda okrug miqyosida joriy etilgan. Bu kichich okrug ligalari 1979-yilda mintaqaviy (Janubiy) ligaga saralash vazifasini bajargan. Mintaqaviy ligalar 1984-yil Norvegiya ayollar ligasi tashkil etilgunga qadar faoliyat koʻrsatgan. Oʻshanda ligalar uchta mintaqaga boʻlingan: Sharqiy-Norvegiya guruhi (Østlandet), Gʻarbiy-Norvegiya guruhi (Vestlandet) va Markaziy Norvegiya guruhi (Trøndelag). Ammo Shimoliy Norvegiya mintaqasidan (Nord-Norge) hech qanday jamoa oʻynamadi. Uch guruh g‘oliblari pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash kelishdi. 1983-yilda Oʻrta Norvegiya va Sharqiy Norvegiya guruhi gʻoliblari oʻrtasida chempionat pley-offi oʻtkazilgan (Trondheims-Orn jamoasi Setskog jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan), ammo bu chempionat norasmiy hisoblangan[2].

Norvegiya ayollar ligasi 1984-yildan 1995-yilgacha 1. divisjon (norvegchadan tarjimada 1-divizion), 1996-yildan 1999-yilgacha Eliteserien (norvegchadan tarjimada Elita Ligasi) va 2000-yildan hozirga qadar Toppserien (norvegchadan tarjimada Top Liga) nomlari bilan tanilgan. Ayollar oʻrtasidagi Norvegiya kubogi 1978-yildan beri oʻtkazib kelinadi.

Norvegiya ayollar ligasi hozirda 12 ta jamoadan iborat boʻlib, ular oʻzaro 2 marta (uyda va safarda) jami 22 ta oʻyin oʻtkazishadi. Mavsum apreldan oktyabrgacha davom etadi. Jamoalar reytingi quyidagi ososda shakllantiriladi:[3]

  • Ballar soni (har bir gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko).
  • Gollar farqi
  • Urilgan gollar
  • Teng ochkodagi jamoalar boʻlsa jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro natijalar.

2022-yilgi mavsum jamoalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa Joylashgan shahar Uy stadioni Tashkil topgan yil Oʻtkazgan mavsumlar soni
Arna-Bjørnar Indre Arna (Bergen) Arna Idrettspark 2001 20
Avaldsnes Avaldsnes Avaldsnes Idrettssenter 2013 9
Brann Sandviken, Bergen Stemmemyren Kuntsgressbane 2004 7
Kolbotn Kolbotn Sofiemyr 1995 27
LSK Kvinner Lillestrøm LSK-Hallen [4] 1987 35
Lyn Oslo Kringsjå kunstgress 2018 4
Rosenborg Trondheim Koteng Arena [5] 1987 35
Røa Oslo Røa Kunstgress 2001 1
Stabæk Bærum Nadderud Stadion 2009 2
Vålerenga Oslo Intility Arena 2012 10

Norvegiya ayollar ligasi chempionlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Liga nomi
1984 Sprint-Jeløy (1) Trondheims-Ørn Nymark 1. divisjon
1985 Nymark (1) Asker Trondheims-Ørn
1986 Sprint-Jeløy (2) Troll Klepp

Grand
1987 Klepp (1) Sprint-Jeløy Asker
1988 Asker (1) Klepp Trondheims-Ørn
1989 Asker (2) Sprint-Jeløy Klepp
1990 Sprint-Jeløy (3) Asker Klepp
1991 Asker (3) Sprint-Jeløy Sandviken
1992 Asker (4) Setskog/Høland Sprint-Jeløy
1993 Sprint-Jeløy (4) Trondheims-Ørn Asker
1994 Trondheims-Ørn (1) Asker Sprint-Jeløy
1995 Trondheims-Ørn (2) Setskog/Høland Sandviken
1996 Trondheims-Ørn (3) Sandviken Asker Eliteserien
1997 Trondheims-Ørn (4) Asker Klepp
1998 Asker (5) Trondheims-Ørn Athene Moss
1999 Asker (6) Trondheims-Ørn Klepp
2000 Trondheims-Ørn (5) Asker Kolbotn Toppserien
2001 Trondheims-Ørn (6) Kolbotn Arna-Bjørnar
2002 Kolbotn (1) Asker Trondheims-Ørn
2003 Trondheims-Ørn (7) Kolbotn Asker
2004 Røa (1) Trondheims-Ørn Fløya
2005 Kolbotn (2) Team Strømmen Fløya
2006 Kolbotn (3) Trondheims-Ørn Røa
2007 Røa (2) Kolbotn Asker
2008 Røa (3) Team Strømmen Asker
2009 Røa (4) Stabæk Kolbotn
2010 Stabæk (1) Røa Kolbotn
2011 Røa (5) Stabæk Kolbotn
2012 Lillestrøm SK (1) Stabæk Arna-Bjørnar
2013 Stabæk (2) LSK Kvinner Arna-Bjørnar
2014 LSK Kvinner (2) Stabæk Arna-Bjørnar
2015 LSK Kvinner (3) Avaldsnes Røa
2016 LSK Kvinner (4) Avaldsnes Stabæk
2017 LSK Kvinner[6] (5) Avaldsnes Stabæk
2018 LSK Kvinner (6) Klepp Arna-Bjørnar
2019 LSK Kvinner (7) Vålerenga Klepp
2020 Vålerenga (1) Rosenborg Avaldsnes
2021 Sandviken (1) Rosenborg LSK Kvinner

Chempionlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida 1984-yildan beri Norvegiya ayollar ligasida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan jamoalar roʻyxati keltirilgan.

Chempion jamoalar reytingi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yildan beri Norvegiya futbolida yuqori diviziyasida quyidagi klublar gʻolib chiqdi.

2021-yilgi mavsum holatiga koʻra:

Reyting Klub Chempionlik Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1 Rosenborg4 7 8 3
2 LSK Kvinner3 7 5 1
3 Asker1 6 6 6
4 Røa 5 1 2
5 Sprint/Jeløy2 4 3 3
6 Kolbotn 3 3 4
7 Stabæk1 2 4 2
8 Klepp 1 2 6
9 Sandviken 1 1 2
10 Vålerenga 1 1 0
11 Nymark 1 0 1
12 Avaldsnes 0 3 1
13 Troll 0 1 0
14 Arna-Bjørnar 0 0 5
15 Fløya 0 0 2
16 Grand Bodø 0 0 1
  1. „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
  2. „Vezéráldozattal, de megnyertük a rájátszást“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-may.
  3. „2011 regulations“ 96–97. fotball.no. Qaraldi: 2011-yil 9-oktyabr.
  4. „A Női Labdarúgó Bajnokságok oldala“. www.noilabdarugas.hu. 2014-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  5. „A Női Labdarúgó Bajnokságok oldala“. www.noilabdarugas.hu. 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  6. „Fotball, Sport | LSK Kvinner seriemester i fotball for fjerde år på rad“ (2017-yil 15-oktyabr).
  • Toppserien.no saytida liga
  • nrk.no saytidagi liga