Normandiya-neman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"NORMANDIYA-NEMAN" - Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyani fashistlar okkupatsiyasidan xalos qilish harakati — "Kurashayotgan Fransiya" qiruvchi aviatsiyasi polkining nomi. 1943—45 yillarda sovet-german frontida harakat qilgan. Polk uchuvchilari nemislarning 280 ga yaqin samolyotini yoʻq qilib, 80 tasini shikastlaganlar. 1944-noyabrda Litvani ozod qilishdagi janglarda va Neman daryosini kechib oʻtishda oʻrnak koʻrsatganliklari uchun polk-ka "Neman" faxriy nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil