Nordizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nordizm (nem. Nord — shimol) -irkchilik koʻrinishlaridan biri. N. gʻayriilmiy nazariya boʻlib, uning asosida shim. (nord) yoki "ariy" irqi inso-niyatning boshqa irqlaridan ustun ekanligi haqidagi daʼvo yotadi. N. asoschilari fransuz sotsiologlari J.A.Go-bino va J.V.Lapuj hisoblanadi. N. maddoxlari shim. va "german" irklarini teng qoʻygan, german irqini "oliy" irq hisoblab, sivilizatsiyaning barcha yutuqlari uchun insoniyat "oliy" irqdan minnatdor boʻlishi kerak, deb daʼvo qilgan. Germaniya fashizmi na-zariyotchilari N.ni oʻz rasmiy mafku-rasiga aylantirgan edi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil