Norbek baxshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norbek baxshi (taxallusi; asl ism-sharifi Qurbonnazarov Abdulla) (1949.9.2, Xiva) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi (2000), Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakili. Xiva shahridagi "Doston" folkloretnografik ansamblining badiiy rahbari, Ozarbayjon baxshilar uyushmasi aʼzosi (1989). Bola Baxshshshng oʻgʻli va shogirdi, sanʼatkorlik sirlarini yana Komiljon Otaniyozovsgm oʻrgangan. Ilk ijro etgan qoʻshigʻi — "Oshiq Gʻarib va Shohsanam" dostonidan "Ona, men Gʻarib, men Gʻarib". Uning reper-tuarida "Oshiq Gʻarib va Shoxsanam", "Oshiq Mahmud", "Bozirgon", "Xirmondali", "Avazxon", "Kampir", "Qirq ming", "Safar koʻsa" va boshqa bor. Oʻzbekistan, Qozogʻiston, Dogʻiston, Zakavkazye baxshilari koʻrik-tanlovlari gʻolibi. Respublika miqyosida oʻtka-zilgan qator anjumanlar, Navroʻz, Mustaqillik bayramlari, Xiva shaqrining 2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyi (1999) va boshqalarning faol ishtirokchisi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil