Nontronit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nontronit (Fransiyadagi Nontron shahri nomidan) — smektitlar (montmorillonit) guruhining qatlamli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral, (Fe, Mg)2[Si4Ol0] (OH)2nH2O. Tap-kibi barqaror emas. Izomorf aralash-malar sifatida Al, Mg, Ni, Co, Si, Zn mavjud. Monoklin singoniyada kristallanadi. Tuproksimon va zich (opal koʻrinishida) agregatlar holida uchraydi, ushlab koʻrilganda yogʻsimon. Rangi yashilsimonsariq, qoʻngʻirdan toʻq yashilgacha. Sinishi chigʻanoqsimon. Qattikligi mineralogik shkala boʻyicha 2, zichligi 1700–1900 kg/m3. Sorb-sion xususiyatga ega, suvda koʻpchiydi. N. — turli oʻta asosli otqindi va me-tamorfik togʻ jinslaridagi tarkibida temir boʻlgan silikatlarning nurashidan hosil boʻlgan tipik gipergen mineral. Nikel rudasi tarkibiga kiradi. Qozogʻiston, RF, Kuba, Fransiya, Avstraliya va boshqa joylarda konlari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil