Nominalizm va Realizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sxolastik falsafadagi bir — biriga zid oqimlar . Nominalistlar fikricha universaliylar haqiqatda emas, balki faqat tafakkurda mavjud. Oʻrta asrlarda nominalizm sxolastikaning realizm bilan munozarasi natijasida kelib chiqqan edi. Lekin Nominalizmning asosiy tezisi qadimgi yunon faylasuflari Antisfen va Stoiklar tomonidan ilgari surilgan boʻlib, ular Platon gʻoyalarini tanqid qilgan edilar. Nominalizm Rosselin tomonidan asoslanganidan keyin mustaqil oqimga aylandi. U faqat yakka narsalargina real mavjud, univertsaliylar esa narsalarning nomi, deb taʼkidlagan. 14-asrda Nominalizm yuksak choʻqqiga koʻtarildi. Bu davrning buyuk nominalisti sifatida U. Okkam maydonga chiqdi. U Duns Skottning bilish predmeti sifatida faqat yakka individuallik maydonga chiqishi mumkinligi haqidagi gʻoyalaridan foydalandi. Intuitiv bilish ularning real borligʻini qayd etadi, mavxum bilish esa predmetlar haqidagi tushunchalar sifatida maydonga chiqadigan atamalar oʻrtasidagi munosabatni ochib beradi. . Nominalizm Oʻrta asr tabiatshunosligi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi va ikki haqiqat nazariyasining yaratilishiga sezilarli hissa qoʻshdi . 17 — asr falsafasida Gobbs va Lokk Nominalizmning umumiy tushunchalaridan bilish nazariyasini yaratishda fopydalandilar. Berkli va Yun ham nominalizmdan umumiy ob’ektivlikni inkor etish uchun foydalandilar. Hozirgi zamon matematik nominalizm matematikani paradoksalarsiz rivojlantirishga harakat qiladilar. Realistlar (Anselm Kenterberiyskiy va Foma Aaakvinskiy) umumiy ob’ektlar, tushunchalar yo alohida insonda, aqldan tashqarida, bu narsalarga qadar yoki individual narsalarning oʻzlarida, ularning ruhiy asoslarini tashkil etgan holda mavjud deb hisoblaydilar. Cherkov realizm nuqtai nazaridan, turli aqidalarnimas Odam Atoning gunohkor boʻlganligi haqida afsonani falsafiy asoslash uchun foydalandi .

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falsafa qomusiy lugʻat . Oʻzbekiston faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti Toshkent — 2004 . B −306.